Surxondaryo hokimi senator bo‘ldi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Bugun, 13 iyun kuni Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Oliy Majlis Senatida Surxondaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tgan. Ushbu yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etgan.

Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirilgan va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangan.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Qosimov joriy yilning 13 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangandi. U 2022 yilning dekabr oyida Prezident farmoni bilan Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. 

Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangunga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, Surxondaryo va Farg‘ona viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

senator Ulug'bek Qosimov Surxondaryo hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing