Surxon qo‘riqxonasida noyob hayvonlar “fotoqopqon”ga tushdi

Jamiyat

photo_2021-06-09_11-48-30

Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan “fotoqopqon” bir nechta yovvoyi hayvonlarni kamera ob’ektiga muhrladi. Ushbu suratlarda kaklik, morxo‘r va uloqchalarni ko‘rish mumkin. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan kenja tur hisoblanadi. “Qizil kitob”ga kiritilgan. Ko‘hitang, Boysuntog‘, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida tarqalgan. 1950–1970 yillarda keskin kamayib ketgan. Keyinchalik Surxon qo‘riqxonasida olib borilgan muhofaza choralari tufayli ushbu turning soni asta-sekin ko‘payib bormoqda.

Surxon davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘tgan yilgi o‘tkazilgan sanoqda 565 ta joriy yilning may oyida o‘tkazilgan sanoq natijasida 600 tadan oshib ketganligi aniqlangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qizil kitob

Baholaganlar

259

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing