“Surxon” futbol klubining to‘rt yillik faoliyati bo‘yicha moliyaviy tekshiruv o‘tkazilmoqda
Sport
−
06 fevral 2023
8077“Surxon” futbol klubining 2019-2022 yilgi moliyaviy faoliyati Davlat moliyaviy nazorati tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda Surxondaryo futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Sanjar Shomurodov QALAMPIR.UZ'ga aytib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sanjar Shomurodov audit tekishiruv ishlariga aralashmagan.
O‘tgan yillar davomida byudjet tomonidan klubga ajratilgan mablag‘lar maqsadsiz sarflangan. “Surxon” futbol klubida O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazilgan kelishuvlardan tashqari qo‘shimcha shartnomalar imzolangan.
9 yanvar kuni “Surxon” futbol klubini yangi investorlar sotib olgani ma’lum bo‘lgandi. Ayni vaqtda klubda audit tekshiruv o‘tkazilmoqda va klub nol qiymatda yangi investorlarga topshirilishi bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti.
“Klub bilan shartnoma imzolab, O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tmagan futbolchilar nomi tekshirilmoqda. Shuningdek, bu holatlar qaysi rahbariyat boshqaruvida sodir bo‘lgani ham aniqlanyapti. Tez orada ularning nomi oshkor qilinadi”, deydi Surxondaryo futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
Qayd etilishicha, O‘zPFL so‘nggi uch yil davomida “Surxon” futbol klubi bilan bog‘liq moliyaviy holat qoniqarli emasligini ta’kidlab kelgan, lekin klubda moliyaviy holatni nazoratga olish bo‘yicha hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.
Shuningdek, Sanjar Shomurodov o‘tgan yilni o‘z stadionida o‘tkaza olmagan klubning uy arenasidagi ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot berdi.
“Hozir yangi investorlar stadion rekontruksiyasini o‘z qo‘liga olgan. Tribuna, projektor va maydon yangilanmoqda. Klub mavsumning ikkinchi davrasini o‘z stadionida o‘tkazishi mumkin”, deydi Shomurodov.
LiveBarchasi