Suriyadagi jangarilarga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

3-sahifa

image

2012 yilda Rossiya Federatsiyasi orqali Turkiyaga, u yerdan Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan Jaloliddin Rustamovich Mansurov qidiruvga berildi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Mansurov 2005 yilda Uchtepa tumanidagi agrar kollejiga o‘qishga qabul qilinadi, biroq, 2007 yilda 2-kursni bitirmay turib o‘qishni tashlab ketadi va bo‘yoqchilik ishlarida otasiga yordam berib, shu kasbni egallaydi.

2010 yilga kelib, yangi do‘stlar orttirgan Jaloliddin ularga ergashib diniy ta’lim olishni boshlaydi. Otasining aytishicha, o‘sha vaqtlarda uyining oldida o‘g‘lining Sherzod ismli notanish yigit bilan gaplashib turganini ko‘radi. Bir necha kundan so‘ng yigit uyidan butunlay chiqib ketadi va hozirgacha ota-bolaning o‘rtasida aloqa mavjud emas.

O‘sha yili Rossiyaga, u yerdan Turkiyaga borgan Mansurov 2012 yilda ekstremistlar ta’siriga tushib, Suriya davlatiga o‘tib ketadi va terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shiladi. 4 nafar farzandning otasi bo‘lgan yigit qonuniy ayoli bilan ajrashib, boshqa ayolni o‘zi bilan Suriyaga olib ketadi. 

2015 yilda Mansurovning o‘limi haqida xabar tarqalishiga qaramay, bu rasman o‘z tasdig‘ini topmagan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan  Jaloliddin Mansurovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgan andijonlik Abduvahob Abdurahimov qidiruvga berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv jangari Jaloliddin Mansurov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing