Suriyadagi qurolli to‘qnashuvda 14 politsiyachi halok bo‘ldi
Olam
−
26 dekabr
4497Kecha, 25 dekabr kuni Suriyada hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Bashar Asad tarafdorlari tomonidan yangi hukumat xavfsizlik kuchlaridan 14 kishi o‘ldirildi, yana 10 nafar politsiya xodimi jarohat oldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
“Vazirlikning 14 nafar xodimi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarayotganda jinoiy tuzum qoldiqlari tomonidan qo‘yilgan pistirmada halok bo‘ldi, yana 10 nafari yaralandi”, deydi o‘tish davri hukumatidagi Ichki ishlar vazirligi rahbari Muhammad Abdul Rahmon.
Qayd etilishicha, voqea Tartus viloyatida sodir bo‘lgan. U yerda politsiya xodimlar Damashq yaqinidagi mashhur Saydnaya qamoqxonasidagi jinoyatlarga aloqador bo‘lgan zobitni ushlashga uringan. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar ba’zi mahalliy aholi o‘z uylarini tintuv qilishga ruxsat bermaganidan keyin boshlangan. Ofitserning akasi va qurollangan shaxslar politsiya yo‘lini to‘sib, patrul mashinalaridan biriga hujum qilgan, bu esa odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi