Suriyada zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar 3 mingdan oshdi
Olam
−
09 fevral 2023
3438Epimarkazi Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida Suriyaning 3162 aholisi halok bo‘ldi, 5235 kishi jarohat oldi.
Idlib, Halab, Hama, Latakiya va Tartusda qidiruv-qutqaruv ishlari 6 fevraldan beri davom etmoqda.
Bashar al-Asad rejimi nazorati ostidagi SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Halab, Latakiya, Hama va Tartusdagi tabiiy ofat qurbonlari soni 1262 kishiga yetgan, 2835 nafari jarohatlangan. katta vayronagarchilik haqida xabar berilgan.
Shu bilan birga, Idlib deeskalatsiya zonasida, shuningdek, Turkiyaning Furot qalqoni va Zaytun novdasi aksilterror amaliyotlari zonalarida kamida 1900 kishi halok bo‘lgan, 2950 suriyalik yaralandi. Muxolifatdagi Suriya milliy armiyasi jangchilari Asad rejimi nazorati ostida bo‘lmagan hududlarda qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etmoqda.
Zilzilalarda uylari vayron bo‘lgan yoki qulagan aholi ko‘chalarda yoki chodirlarda jon saqlamoqda.
Suriya shimolidagi nodavlat tashkilotlar shoshilinch yordam so‘rab murojaat qildi.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 12,8 ming kishidan oshdi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi