Suriyada umumiy amnistiya e’lon qilindi 

Olam

image

Suriyada umumiy amnistiya e’lon qilinishi to‘g‘risidagi hujjat mamlakat Prezidenti Bashar Asad tomonidan imzolandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.  

Hujjatga ko‘ra, pora olishda, rasmiy hujjatlarni soxtalashtirishda, giyohvandlik vositalarini sotishda ayblanganlar, shuningdek, balog‘atga yetmagan jinoyatchilar amnistiyaga tushadi. 

Ushbu farmon ba’zi hollarda jazoni yengillashtirishni ham nazarda tutadi. 

Masalan, o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi, shu bilan birga, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlarning jazo muddati 20 yilgacha qisqartiriladi. 

Ta’kidlanganidek, amnistiya qurol-yarog‘ kontrabandasi, vatanga xiyonat, josuslik, shuningdek odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan terrorizm uchun sudlanganlarga tatbiq etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya amnistiya

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing