Suriyada rus harbiylari tuzoqqa tushdi

Olam

image

Suriyaning Deyr-az-Zor viloyatida Rossiya harbiylari harbiy pistirmagan tushdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ofitserlardan birining qarindoshi nashrga 23 fevral kuni rus harbiylari bo‘lgan UAZ avtomobili Al-Mayadin shahri yaqinida jangarilar tuzog‘iga tushgan. Mashinada mayor va ikki polkovnik bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi ularning o‘limi haqida rasmiy xabar bermagan.

Avtomobilda bo‘lganlardan biri mayor Suxrob Karimovning ota-onasiga voqea haqida ma’lumot berilib, ulardan Burdenko harbiy gospitaliga kelib, DNK tekshiruvi uchun qon topshirishlari so‘ralgan. Biroq tekshiruv natijalari ijobiy bo‘lmagan. Demak, u bedarak yo‘qolgan va bunga bir oy bo‘ladi.

Tuzoqqa tushgan avtomobilda bo‘lgan boshqa harbiylarning ismlarini o‘rganishning imkoni bo‘lmagan. Mudofaa vazirligiga yuborilgan so‘rovga hozirgacha javob berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya harbiylar

Baholaganlar

579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing