O‘zbekistondagi barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi
Jamiyat
−
15 mart 2020
10335Avvalroq, 15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida ma’lum qilgan edik.
Shu munosabat bilan bugun, 15 mart kuni Vazirlar Maxkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirus mavzusiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari o‘tkazilmaydi, shu bilan birga Toshkentdagi Navro‘z bayrami ham. Shuningdek, har qanday ommaviy marosimlar, jumladan, uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinadi.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi