Suriyada muvaqqat hukumat rahbari tayinlandi

Olam

image

Muhammad al-Bashir o‘zining Suriya muvaqqat hukumatining rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda u “Al Hadath” telekanali efirida ma’lum qildi.

“Asosiy qo‘mondonlik qaroriga ko‘ra, bizga muvaqqat hukumatni shakllantirishga vakolat berildi. Dastlabki reja bo‘yicha bu 2025 yil 1 martga qadar amalga oshiriladi”, dedi al-Bashir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror bugun, 10 dekabr kuni qurolli qarshilik rahbariyati, “Qutqaruv hukumati” vakillari va eski hukumatning ba’zi a’zolari ishtirokidagi uchrashuvda qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, al-Bashir ta’lim olgan sohasi bo‘yicha muhandis va yurist. U “Suriya qutqaruv hukumati” rahbari hisoblanadi. Shuningdek, al-Bashir “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Jaloniyning yaqin hamkori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi isyonchi kuchlar Suriya poytaxti Damashqqa kirib, mamlakat rahbari Bashar Asad rejimi ag‘darilganini ma’lum qilgandi. Keyinchalik, Suriyani tark etgan Bashar Asad va uning oila a’zolari Moskvaga borgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya muvaqqat hukumat Muhammad al-Bashir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing