Suriyada benzovoz portlashi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 28 aprel kuni Suriya shimolidagi Afrin shahrida yuz bergan portlash natijasida kamida 40 kishi, jumladan 11 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” Turkiya Mudofaa vazirligiga tayanib, xabar tarqatdi.

Turkiya mudofaa tashkiloti bu hujumda kurdlarning YPG qurolli tuzilmasini aybdor deb e’lon qilgan.

Portlash Afrin markazidagi odam gavjum tumanda yuz bergan. Vazirlik e’lon qilgan videoda havodagi qora tutun hamda tez tibbiy yordam va politsiya mashinalari ovozini eshitish mumkin.

Yonilg‘i tashuvchi avtomobil ishtirokida uyushtirilgan portlashda kamida 47 kishi jabrlangan. Portlash yuz bergan ko‘chadagi ko‘plab binolar zarar ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya Suriyaning Afrin shahri ustidan 2018 yildagi “Zaytun shoxi” amaliyoti davomida nazorat o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya portlash

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing