Suriyada ayol prezidentlikka da’vogar bo‘ldi
Olam
−
21 aprel 2021
5107Suriyadagi prezidentlik saylovlarida ayol nomzod sifatida ro‘yxatga olindi. Bu haqda Suriya parlamenti raisi Hammud Sabbag‘ ma’lum qilgan.
"Associated Press" xabariga ko‘ra, Damashqning 50 yoshli fuqarosi Faten Ali Nahar mustaqil ravishda prezidentlik saylovlarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. U haqida tafsilotlar ma’lum emas.
Undan tashqari yana ikki kishi davlat rahbari lavozimi uchun kurashda ishtirok etishini e’lon qilgan.
Ulardan biri 2014 yilgi Prezident saylovlarida qatnashgan, ammo Suriyani 2000 yildan beri boshqarib kelayotgan Bashar Asadga yutqazgan.
Asadning o‘zi saylovlarda ishtirok etish uchun hali ariza bermagan, ammo tez orada berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi prezidentlik saylovlari 26 may kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi