Suriya vaziri AQSH vakili bilan birga Abdulla II ning huzuriga bordi

Olam

image
7 oyda 3 suiqasd. Ash-Shara qanday omon qoldi? north_east

7 oyda 3 suiqasd. Ash-Shara qanday omon qoldi?

Iordaniya podshohi Abdulla II kecha, 12 avgust kuni Ammanda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy va AQSHning Anqaradagi elchisi va Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barrak bilan Suriyadagi o‘zgarishlarni muhokama qildi. Iordaniya ma’muriyati uchrashuv to‘g‘risida tegishli bayonotni e’lon qildi.

Suriyadagi o‘zgarishlar muhokama qilingan uchrashuvda podshoh Abdulla Vashingtonning Suriyani qayta qurish jarayonida tutgan o‘rni muhimligini qayd etdi. Butun Suriya xalqining huquqlarini himoya qilish muhimligini ta’kidlagan monarx Iordaniya Suriyada institutlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribasini baham ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Iordaniya podshohi Suriya bilan hamkorlikni, birinchi navbatda, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda mustahkamlash zarurligini ta’kidlar ekan, Suriya suvereniteti, shuningdek, mamlakat barqarorligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Suriya tashqi ishlar vaziri Shiboniy, Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Amin al-Safedi va AQSHning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Barrak Ammanda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama yig‘ilishda qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Isroil va Suriya vazirlari 25 yil ichida birinchi yuqori darajadagi muzokaralarini o‘tkazgandi. Uchrashuv Parijda AQSHning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barrak vositachiligida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer va Suriya o‘tish davri hukumatidagi tashqi ishlar vazirligi rahbari Asad al-Shiboniy ishtirok etgan. Uchrashuv to‘rt soat davom etdi va uning asosiy mavzusi mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirish bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Iordaniya Abdulla II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing