7 oyda 3 suiqasd. Ash-Shara qanday omon qoldi?
Olam
−
23 iyul 9529 1 daqiqa
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara so‘nggi yetti oy ichida uchta suiqasd nishoniga aylandi. Bu haqda “Yedioth Ahronoth” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiya xavfsizlik kuchlarining aralashuvi tufayli suiqasdlardan birining oldi olingan.
Isroil matbuotiga ko‘ra, Damashqdagi Qasr ash-Shab saroyi yaqinida birinchi suiqasd uyushtirilgan. Turkiya maxfiy xizmatlarining tezkor javobi tufayli gumondorlar zararsizlantirilgan.
Ikkinchi suiqasd Iordaniya bilan chegaraga yaqin Dara shahri hududida rejalangan edi, u yerda Ahmad ash-Shara tashrifi chog‘ida mintaqada ikki gumonlanuvchi aniqlangan. Suriya va Turkiya xavfsizlik kuchlarining birgalikdagi harakatlari bilan Ash-Sharaning yo‘nalishini o‘zgartirish orqali hujumning oldini olingan. Bu voqea maxfiyligicha qoldirilgan.
Uchinchi va eng jiddiy suiqasd Damashqda Suriya rahbarining muntazam marshrutida qurolli pistirma shaklida uyushtirilgan. Turkiya va mahalliy razvedka xodimlari hujumga tayyorgarlikni vaqtida aniqlab, rejani barbod qilgan.
Isroil va arab manbalarining ta’kidlashicha, Ahmad ash-Shara vahima qo‘zg‘ashning oldini olish va muxoliflarning voqealardan o‘z maqsadlarida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun suiqasd urinishlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara druzlar va badaviylar o‘rtasidagi shiddatli to‘qnashuvlar davlat aralashuvi tufayli nazorat ostiga olinganini aytgandi.