Suriya Rossiya bilan harbiy bazalar va Asadning taqdirini muhokama qildi

Olam

image
Asadning Moskvadagi hayoti qanday o‘tayotgani ochiqlandi north_east

Asadning Moskvadagi hayoti qanday o‘tayotgani ochiqlandi

Suriya Rossiya bilan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, harbiy bazalar bo‘yicha mavjud kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish uchun muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Suriya Tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy ma’lum qildi.

Suriya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha tomonlar o‘rtasida yangi kelishuvlar yo‘q. Muzokaralarda sobiq prezident Bashar Asad va mamlakatni tark etgan harbiylar taqdiri ham muhokama qilingan.

Diplomatning aytishicha, oldingi tuzum erishgan kelishuvlarni qabul qilib bo‘lmaydi, shu sababli ular to‘xtatilgan. U Suriyaning diplomatik harakatlari suriyaliklarning huquqlari bo‘yicha hech qanday yon berishni anglatmasligini tushuntirdi. Al-Shiboniyning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya, Xitoy va Yevropa bilan aloqalar Suriya maqomiga asoslanadi va undan xalq manfaati uchun foydalanish kerak. U, shuningdek, kelasi oy Pekinga birinchi rasmiy tashrifini e’lon qildi.

“Suriya Tashqi ishlar vazirligi muloqot va hamkorlik uchun ochiq yondashuv foydasiga tashqi ishlar vaziri “shantaj” deb atagan avvalgi diplomatiya oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilmoqda”, dedi u.

15 oktyabr kuni Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Shara Moskvaga ilk tashrifini amalga oshirdi. U 2024 yilning dekabrida Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Asad rejimi qulaganidan so‘ng mamlakatni egallab olgandi.

Muzokaralar ikki soatdan ortiq davom etdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida Ahmad ash-Shara Suriyaning yangi hukumati Rossiya bilan munosabatlarning butun spektrini tiklash niyatida ekanini aytdi. Shundan so‘ng, yetakchilar ommaviy axborot vositalariga qo‘shma bayonot bermadi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya harbiy bazalari masalasi muhokama qilinganini tasdiqladi, biroq boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

Ammo Kreml o‘sha kuni ertalab suhbatda Suriyadagi Rossiya harbiy bazalarining kelajagi – Xmeymim aviabazasi va Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining Tartusdagi 720-logistika bazasi (2017 yilda Moskva o‘sha paytdagi Suriya hukumati bilan o‘z garnizonlarini ushbu ob’ektlarda joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishgan) muhokama mavzusi bo‘lganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bashar Asad hukumati Suriyadagi eng yirik ommaviy qabrlardan biri – Qutayfa qabridagi minglab jasadlarni ikki yil davomida yashirincha yuk mashinalarida shahar tashqarisidagi cho‘l hududida joylashgan maxfiy manzilga ko‘chirgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bashar Asad Xmeymim aviabazasi Asad Hasan al-Shiboniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing