Suriya konstitutsiyasi va parlamenti faoliyati to‘xtatib turiladi
Olam
−
12 dekabr
1638Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin mamlakat konstitutsiyasi va parlamenti uch oylik o‘tish davri davomida to‘xtatiladi. Bu haqda Suriya muvaqqat hukumati matbuot kotibi Ubayd Arnautga tayanib, AFP xabar berdi.
“Konstitutsiyani o‘rganish va keyin unga o‘zgartirishlar kiritish uchun sud va inson huquqlari qo‘mitasi tuziladi”, deydi Ubayd Arnaut.
Arnautning so‘zlariga ko‘ra, yangi hukumat vazirlari va Asad ma’muriyatining sobiq vazirlari o‘rtasida hokimiyatni topshirishni amalga oshirish uchun yig‘ilish o‘tkaziladi.
“Uch oy davom etadigan o‘tish davrida bizning ustuvor vazifamiz davlat institutlarni saqlash va himoya qilishdir. Suriya xalqiga qarshi jinoyat sodir etganlarning barchasi qonun doirasida javob beradi”, deydi Arnaut.
Ma’lumot uchun, Suriya konstitutsiyasi so‘nggi yillarda bir necha bor o‘zgarishlarga uchragan. Eng muhim o‘zgarish 2012 yilda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy yangilanish bo‘lib, unda ba’zi erkinliklar, masalan, so‘z va yig‘ilish erkinligi, shuningdek, adolatli sud jarayoni kabi huquqlar kafolatlangandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning yangi o‘tish davri hukumati bosh vaziri Muhammad al-Bashir prezident Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin odamlarning barqarorlik va osoyishtalikdan bahramand bo‘lishi uchun vaqt kelganini aytgandi.
Diyorjon Quvondiqov