Suriya xalqi uchun yana bir yil dahshatli iz qoldirdi – Guterrish
Olam
−
11 mart 2022
4376Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Suriyada 11 yildan beri davom etayotgan mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. U bu haqda Suriya Arab Respublikasida qonli mojaro boshlanganining 11 yilligi munosabati qilgan bayonotida so‘z ochgan.
“Suriya va uning xalqini vayron qilgan yana bir yil dahshatli urush fojiali izlar qoldirdi”, deydi Guterrish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Suriya xalqi muntazam ravishda duchor bo‘layotgan inson huquqlari buzilishiga e’tibor qaratdi.
“Vayronagarchilik shu qadar chuqur va buyukki, bu zamonaviy tarixda kamdan-kam uchraydigan hodisa”, deydi tashkilot rahbari.
Guterrish, urush tufayli kuchaygan iqtisodiy tanglik insonparvarlik ehtiyojlarini inqiroz boshlanganidan beri har qachongidan yuqori darajaga ko‘targaniga diqqat qaratdi.
"Millionlab ichki ko‘chirilganlar va qochqinlar eng og‘ir sharoitlarda omon qolish uchun kurashmoqda", deydi u.
Bosh kotibning ta’kidlashicha, Suriya bo‘yicha “nosamimiy majburiyatlar” siyosiy yechim uchun joy qoldirishi kerak.
“Bu barcha suriyaliklarning orzu-umidlariga javob beradigan, qochqinlarning xavfsiz qaytishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadigan, terrorizmga qarshi kurashuvchi yechimga olib boruvchi yo‘l”, deb hisoblaydi tashkilot rahbari.
Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyat Suriya xalqini tushkunlikka tushirishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi.
“Biz Suriya xalqini tushkunlikka tushira olmaymiz. Urushni to‘xtatish, xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilish kerak. Men barcha tomonlarni BMT ko‘magida siyosiy jarayonga qaytishga chaqiraman”, deydi u.
LiveBarchasi