Suriya qo‘shinlari jangarilarga qarshi hujum boshladi

Olam

image

Suriya armiyasi bo‘linmalari mamlakat poytaxti Damashqdan 360 km uzoqlikda joylashgan Halab shahrining shimoli va g‘arbida 20 dan ortiq aholi punktini egallab olgan ““Hayat Tahrir ash-Sham”” ekstremistik guruhi jangarilariga qarshi qarshi hujum boshladi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat kuchlari o‘tkazilgan operatsiya davomida al-Bakum shahrini ozod qilgan. Oldinroq esa Halabga Suriyaning boshqa hududlaridan qo‘shin zaxiralari yuborilgan. Qurollangan guruhlarning hujum xavfi tufayli Damashq va Halabni bog‘lovchi xalqaro M-5 avtomagistralidagi harakat to‘xtatilgan.

“Hayat Tahrir ash-Sham” va unga ittifoqdosh radikal guruhlar joriy yilning 27 noyabr kuni kutilmagan hujumlar oqibatida Halabga xavfli darajada yaqinlashib, shahardan 7-10 km masofadagi bir nechta strategik pozitsiyalarni egallab olgan. Halabning Jamiyat-az-Zahro, Jadeyda, Az-Zarba va al-Mansura kabi chekka hududlaridan qochqinlar oqimi poytaxt tomonga yo‘nalgan. 

Qayd etilishicha, Halab atrofidagi bir nechta front chiziqlarida hukumat kuchlari dushmanning oldinga siljishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Bu jarayonda bir necha yuz jangari yo‘q qilingan. Terrorchi guruhlar Anadan, Atarib, Hayyan va Haraytan yo‘nalishlaridan shaharga kirishga harakat qilgan, shuningdek, Neyrabdagi xalqaro aeroportga ham hujum qilgan.

“Al Watan” nashriga ko‘ra, Suriya artilleriyasi Halab va Idlib provinsiyalariga yaqin hududlardagi jangari guruhlarning ta’minot liniyalariga zarba bergan. Suriya harbiy-havo kuchlari va dronlari Bsortun, al-Vasat va Kubtan al-Jabal hamda Shayx-Oqil tepaliklarida dushmanning pozitsiyalariga hujum uyushtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Halab shahrida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy maslahatchilari qo‘mondoni, general-mayor Kiyamurs Hoshimiy terrorchilar hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Damashq jangarilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing