Suriya qaddini ko‘tarmoqda – Halabga tadbirkorlar qaytishni boshladi

Olam

image
Suriya “marvaridi”ni tiklash boshlandi north_east

Suriya “marvaridi”ni tiklash boshlandi

Suriyalik tadbirkorlar Halabning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan sanoat zonasiga qaytib kelmoqda. Ular ushbu hududda joylashgan korxonalarni qayta qurishni boshlaydi.

Jangarilar ushbu sanoat hududidagi zavodlardan o‘q-dori va kimyoviy qurollarni ishlab chiqarish va saqlash uchun foydalangan. Ular hukumat qo‘shinlari bosimi ostida chekinishdan oldin bu yerlarni vayron qilib ketgan edi.

Shahar hukumat kuchlari qo‘liga o‘tganidan so‘ng, ishbilarmonlar darhol mintaqaga qaytishni boshladi. Urushdan oldin tikuvchilik uskunalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan Jamol Eldin al-Sufiy hamma narsani tiklamoqchi ekanligini aytdi. Uning eski hamkorlari fabrikada ish boshlanishini kutib turibdi.

Akasi bilan birga eski armaturalarni qayta ishlab, uni qurilishga moslashtirish bilan shug‘ullangan tadbirkor Umar Haj Hamdo ham o‘z ish faoliyatini qayta tiklash arafasida. U ushbu mahsuloti avvalgidan ko‘ra kuchliroq bo‘lishini aytdi. Hozirda ushbu shaharga uning armaturalari juda kerakligini bilib turibdi. U zavod qayta tiklansa, mahsulot narxini shahar avvalgi holiga kelguncha arzon qilib belgilamoqchi.

Ushbu sanoat hududidagi barcha tiklash ishlari suriyalik sapyorlar nazorati ostida. Bu yerda ko‘plab xavfli narsalar va o‘q-dorilar topilgan. Qisqa vaqt va qiyinchiliklarga qaramay, tadbirkorlar bu yil ishlab chiqarishni qayta tiklay olishlariga ishonadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Suriya Tadbirkorlik Halab

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing