Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi urushlarda necha tojikistonlik halok bo‘lgan?

Olam

image

Iroq, Afg‘oniston hamda Suriyadagi harbiy amaliyotlarda 2566 nafar Tojikiston fuqarosi qatnashgan, shundan tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 1455 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda joriy yilning 13 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Vazir bu ma’lumotlar qaysi yillarga tegishli ekanini ochiqlamadi. O‘tgan yili Tojikistonda 5 ta terrorchilik harakati va urinishlari qayd etilgan bo‘lib, shundan 3 tasi terrorchilik ko‘rinishida sodir etilgan. Barcha teraktlar Ko‘lob shahrida sodir bo‘lgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, teraktlar sodir etishga ikki marta urinishlarni ham fosh etgan va oldini olgan, biroq u bu amaliyotlar tafsilotlarini oshkor qilmagan. Shu bilan birga, ushbu jinoyatlar bo‘yicha qancha odam qo‘lga olingani ham noma’lum.

Bunday hujumlardan biri sifatida Ko‘lobdagi XDP raisi Salim Sayvalizodaga suiqasd bo‘lgani taxmin qilingan. U 2024 yil 5 yanvar kuni To‘dakafshi shaharchasida sodir bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Baxtiyor Majidzoda va uning to‘qqiz sherigi Sayvalizodaning uyi yaqinida xizmat mashinasini portlatib yuborgan, oqibatda u jarohatlangan. Ichki ishlar vaziri voqeani “terrorchilik harakati” deb atadi.

Tojikiston Bosh prokuraturasining bildirishicha, jinoyatchilar aholini qo‘rqitish maqsadida partiya rahbarini ataylab tanlagan. Ushbu jinoyatda gumon qilinganlar turli muddatlarga – 8 yildan umrbod qamoq jazosigacha hukm qilingan.

Shuningdek, Ramazon Rahimzoda 2024 yilda mamlakatda 1750 ta terroristik va ekstremistik jinoyatlar fosh etilgani, buning natijasida turli ekstremistik tashkilotlarning 365 a’zosi va tarafdorlari qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi.

“Qidiruvda bo‘lgan ushbu tashkilotlarning 401 nafar a’zosi qo‘lga olindi, 499 nafari o‘z ixtiyori bilan qaytdi. Shuningdek, terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq 212 ta holat aniqlanib, ularda 112 kishi qo‘lga olindi”, dedi vazir.

Ayni paytda Tojikiston Bosh prokurori Habibullo Vohidzoda 14 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatda o‘tgan yili 1494 ta terroristik va ekstremistik jinoyatlar (2023 yilda – 1228 ta) qayd etilgani, bu 2023 yilga nisbatan 226 ta (17,8 foiz) ko‘p ekanini ma’lum qildi.

Tojikistonliklar qarzga botib yashaydimi? north_east

Tojikistonliklar qarzga botib yashaydimi?

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlarda Tojikistonning 2566 nafar fuqarosi qatnashgan, ulardan tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 1455 kishi halok bo‘lgan.

O‘tgan yili 143 nafardan iborat 10 oila ortga qaytarilgan. 2015 yildan buyon ekstremistik va terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lgan 113 oila (1444 nafar) qaytarilgan.

Shuningdek, Rahimzoda yoshlarning terroristik guruhlarga qo‘shilib ketishining asosiy sabablaridan biri ma’rifatning pastligi, ularning ongiga radikal g‘oyalarning kirib kelishi ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi tergov izolyatorida bo‘lib o‘tgan sud majlisida “davlat to‘ntarishi ishi”ga aloqador taniqli shaxslar hukm e’lon qilinishidan avval o‘z aybini tan olmasligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Suriya Iroq Tojikiston fuqarosi urushlar harbiy amaliyotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing