Surayyo Rahmonova nomzodi Bolalar ombudsmani lavozimiga tasdiqlandi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2023
10518Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Surayyo Rahmonova nomzodini Bola huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) lavozimiga tasdiqladi. Bu masala bugun, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yalpi yig‘ilishda ko‘rib chiqildi.
Surayyo Rahmonova deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan ushbu lavozimga tasdiqlangan. Endilikda uning nomzodi Senatda ham ma’qullanishi kerak.
Ma’lumot uchun, Surayyo Rahmonova 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasini olgan. 2015 yilda dotsent ilmiy unvoni, 2018 yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
Surayyo Rahmonova tayinlovga qadar 2018 yilda Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bo‘lim boshlig‘i, 2019 yilda AOKA bo‘lim boshlig‘i va 2022 yildan Senatning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda bola huquqlari bo‘yicha oldingi ombudsman Aliya Yunusova Tuyg‘unovna o‘z faoliyatini to‘xtatgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr