Superliga “o‘lib” bo‘lgan – Nosir Al-Xelayfi

Sport

image

 PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Yevropaning top jamoalaridan Superliga tuzish g‘oyasi u uchun “o‘lib” bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Al-Xelayfining so‘zlariga tayanib, “Marca” nashri xabar berdi.

“Men uchun Superliga loyihasi allaqachon o‘lik. Bu g‘oya juda tushunarsiz edi. “Real Madrid” Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va ular bunga loyiq edi. “Los blankos” YeCHLdagi g‘alabani deyarli bir hafta nishonladi. Boshqa tomondan qaraganda, “Real” rahbariyati Yevropaning eng nufuzli musobaqasida o‘ynashdan unchalik xursand ko‘rinmaydi va shuning uchun ular Superliga loyihasiga yopishib olgan. Agar siz baxtsiz bo‘lsangiz, Chempionlar ligasida o‘ynashingiz shart emas. Bu hamma uchun dunyodagi eng yaxshi musobaqadir. Nega ispan muxlislari ham bu turnirga qarshi ekanligini bilmayman, lekin men uchun Superliga o‘lib bo‘lgan”, deydi PSJ prezidenti.   

Eslatib o‘tamiz, Superligani Yevropaning 12 ta top klubi tashkil etmoqchi edi. Bular "Real Madrid", "Barselona", "Atletiko" (barchasi Ispaniya), "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem" (barchasi Angliya), "Yuventus", "Inter" va "Milan" (barchasi Italiya). Ushbu musobaqa YeCHLning raqobatchisi bo‘lishi taxmin qilingandi. Biroq milliy chempionatlar yuqoridagi 12 ta klubni o‘z musobaqalaridan chiqarib tashlash bilan tahdid qilgandan so‘ng, Superliga g‘oyasi amalga oshmay qoldi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Superliga Nosir Al-Xelayfi

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing