Superliga loyihasi oldida yana bir to‘siq paydo bo‘ldi
Sport
−
14 mart
2733Yevropa Superligasi loyihasi mazkur nom ostida o‘z faoliyatini boshlay olmaydi. Bu haqda Daniya Superligasi sayti ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Daniya tomoni Yevropa Ittifoqi bilan kelishib, “Superliga” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shu tariqa, bir qancha futbol gigantlari tuzmoqchi bo‘lgan Yevropa turniri ro‘yxatdan o‘tgan brend nomidan foydalansa, Daniya Superligasi huquqlarini buzgan bo‘ladi.
“Biz har doim katta klublarning alohida turnir tashkil qilish istagiga qarshi bo‘lganmiz. Milliy musobaqalar xalqaro klub turnirlari uchun saralash bo‘lishi kerak. Ochiq musobaqada ishtirok etishga ikkilanayotgan klublar uchun futbol yopiq tizim bo‘lmasligi kerak, shuning uchun biz, maydon tashqarisidagi mazkur g‘alabadan juda xursandmiz”, deydi Daniya Superligasi bosh direktori Klaus Tomsen.
Ma’lumot uchun, Yevropa sudi 2021 yilgi Superliga tashkil etilishiga qarshi chiqqan FIFA va UEFA'ning harakatlarini noqonuniy deb topib, ayrim klublarga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi.Tashkilotlar Yevropada klub musobaqalarida monopoliyaga ega emas. Superliga endi Yevropa qonunchiligiga muvofiq rasman ish boshlashi mumkin, biroq endi loyiha yetakchilari nom bilan bog‘liq muammoga duch keldi.