Superliga eng yaxshi chempionatlar orasida 66-o‘rinni egalladi

Sport

image

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi (IFFHS) 2021 yil yakunlariga ko‘ra jahonning eng yaxshi chempionatlari reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston Superligasi jadvalda 66-o‘rinni egallagan (309,5 ochko). Bu Osiyo miqyosida eng yaxshi 5-ko‘rsatkich hisoblanadi. Qit’ada Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Saudiya Arabistoni chempionati Superligadan yuqorida joylashgan.

2020 yil yakunida ishlab chiqilgan reytingda Coca-Cola Superligasi jahonda 48, Osiyoda esa 5-o‘rinda qayd etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Qarshi jamoasi OFK kubogi finaliga qadar yetib borgan va Bahraynning “Al Muharraq” klubiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. “Paxtakor” va OKMK esa Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilgi O‘zbekiston Superligasida 60 ochko jamg‘argan “Paxtakor” chempionlikni qo‘lga kiritgan
 


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Superliga

Baholaganlar

20

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing