Superliga. “Bunyodkor” safarda “Surxon”ni taslim etdi

Sport

image

Bugun superliga 1-tur uchrashuvidan o‘rin olgan “Surxor” – “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda poytaxtliklar raqiblarini safarda 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionatni g‘alaba bilan boshladi. 

Qiziqarli kechgan o‘yinda, Nurullo To‘xtasinov, Humoyun Murtazoyev va Farrux Ikromov “Surxon” jamoasi darvozasini bir marotabadan ishg‘ol qildilar. Aziz Ibragimov “Bunyodkor” jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltini bexato amalga oshirdi. Shu tariqa uchrashuvda hisob o‘zgarmadi va “Bunyodkor” chempionatdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, superliga 1-turida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Paxtakor” – “Navbahor” 2:1;

“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” 3:0;

“Lokomotiv” – “Andijon” 2:1;

“Mash’al” – “So‘g‘diyona” 3:0;

AGMK – “Metallurg 1:1;

“Surxon” – “Bunyodkor” 1:3.

“Qizilqum” – “Nasaf” 1:3

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Surxon Superliga Bunyodkor

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing