Superkompyuter Angliya chempionati g‘olibini taxmin qildi
Sport
−
13 noyabr
1885Angliya chempionatining 11-turi yakunlariga ko‘ra, “Liverpul” klubi joriy mavsum bo‘yicha Premer ligada chempion bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Portal superkompyuteriga ko‘ra, “qizillar”ning chempion bo‘lish ehtimoli 60,3 foizga baholanmoqda. Ikkinchi da’vogar “Manchester Siti”. Kuchli favoritlar uchligini Londonning “Arsenal” jamoasi yakunladi.
“Opta” superkompyuteriga ko‘ra, jamoalarning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatlari:
- “Liverpul” – 60,3%;
- “Manchester Siti” – 34,3%;
- “Arsenal” – 5%;
- “Chelsi” – 0,3%.
Bugungi kunga kelib, “Liverpul” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda (28 ochko). “Manchester Siti” 23 ochko bilan 2-o‘rnni band etgan. Kuchli uchlikni 19 ochko bilan Londonning “Chelsi” klubi yakunlab turibdi.