Superkompyuter JCH finalida favoritini aniqladi

Sport

image

Nufuzli “Opta” analitika kompaniyasi superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati finali oldidan Ispaniya terma jamoasini Argentinaga qarshi bahsda favorit deb baholamoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

“Opta” ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyaning g‘alaba qozonish ehtimoli 56,31 foizni tashkil etadi. Argentinaning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati esa 43,69 foiz deb baholangan. Final uchrashuvi bugun, 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55 da bo‘lib o‘tadi.

Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga yo‘l olgan edi. Ispaniya esa yarim finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, hal qiluvchi bahsga yo‘l olgandi. 

Shuningdek, “Opta” superkompyuteri Jahon chempionati boshlanishidan oldin ham Ispaniyani jahon chempionligi uchun asosiy favorit sifatida ko‘rsatgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing