Super jang tadbirlari boshlanmoqda. “The Dream” AQSHga jo‘nab ketdi
Sport
−
23 aprel
6620O‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi Isroil Madrimov bo‘lajak jangi uchun matbuot anjumanida ishtirok etish maqsadida AQSHga yo‘l oldi.
Madrimov 24 aprel kuni Nyu-York shahrida Terens Krouford bilan bo‘ladigan jangi uchun maxsus tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etadi.
Madrimov - Krouford jangi aynan mana shu matbuot anjumanida rasman e’lon qilinadi. Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamari uchun kechadigan jangning 3 avgust kuni Los-Anjeles shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli Krouford shu vaqtga qadar profringda 40 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va 31 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 29 yoshli Madrimov esa 11 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 10 tasida zafar quchgan. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ishtirokidagi 1 ta bahsda durang qayd etilgan.
LiveBarchasi