“Super oltin to‘p” qachon topshirilishi aytildi
Sport
−
09:16 872 1 daqiqa
“France Football” tahririyati noyob mukofot “Super oltin to‘p”ni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “The Touchline” portali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mukofotni birinchi marta topshirilganidan roppa-rosa 40 yil o‘tib, ya’ni 2029 yilda yana taqdim etish rejalashtirilmoqda.
Kutilishicha, sovrin so‘ngi 30 yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi. 1980 yillar oxirida bo‘lgani kabi nomzodlar “Oltin to‘p” mukofotini bir necha bor qo‘lga kiritgan futbolchilar orasidan tanlab olinadi.
Tarixda yagona “Super oltin to‘p” 1989 yilda Alfredo Di Stefanoga topshirilgan. O‘sha paytda “Real Madrid” afsonasi ovoz berishda Yoxan Kroyf va Mishel Platinini ortda qoldirgan edi.
2021 yilgacha noyob sovrin “Santyago Bernabeu” stadionidagi klub muzeyida saqlangan. Keyinchalik u kimoshdi savdosiga qo‘yilib, 187 ming funt sterlingga sotilgan.
Agar mukofot 2029 yilda yana taqdim etilsa, futbol jamoatchiligi so‘ngi o‘ttiz yillikning eng buyuk futbolchisini aniqlash uchun yana bir bor turli avlod yulduzlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Live
Barchasi