Superkontraktning minimal miqdori belgilandi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2021
167222021/2022 o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi.
2021/2022 o‘quv yili uchun superkontrakt miqdorlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
LiveBarchasi