Super kontrakt uchun ariza topshirishning so‘nggi muddati belgilandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yil 1 oktyabr oliy ta’lim muassasalarida super kontrakt asosida o‘qishni istovchi abituriyentlar ariza topshirishi uchun so‘nggi muddat etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

“2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 oktyabr kuni etib belgilandi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan joriy yilning 1 oktyabriga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishi so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTM super kontrakt

Baholaganlar

554

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing