Super-kontraktda o‘qish istagidagilarga qo‘shimcha imkoniyatlar berildi

Jamiyat

image

Endilikda abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat qabul komissiyasi qaroriga asoslanib, ma’lum qildi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshta yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM kontrakt

Baholaganlar

711

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing