So‘nggi o‘n yillikning eng sermahsul himoyachisi aniqlandi
Sport
−
24 yanvar 2021
5833Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) so‘nggi o‘n yillikning eng sermahsul himoyachisini aniqladi.
Unga ko‘ra, “Real Madrid” himoyachisi va sardori Serxio Ramos klub safida 71 va Ispaniya terma jamoasi safida 18 ta gol bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan.
Ramosdan so‘ng, ikkinchi o‘rinda umimiy 78 ta gol bilan gibraltarlik himoyachi Jozef Chipolina, uchinchi o‘rinda esa kosta-rikalik futbolchi Keylor Soto qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ramosning Qirollik klubi bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsumda ispaniyalik himoyachi 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. OAVda Ramosga “Liverpul” qiziqish bildirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi, lekin futbolchining o‘zi “Manchester siti”ga o‘tish istagini bildirgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lmoqda.