So‘nggi o‘n yillikdagi eng katta islohot: Xitoy kiberurushda g‘olib bo‘lmoqchi 

Olam

image

Xitoy o‘z armiyasida 2015 yildan beri eng yirik harbiy islohotni amalga oshiradi. Bu haqda "Bloomberg" nashri XXR Raisi Si Szinpin bayonotiga tayanib, yozdi.

Qayd etilishicha, Xitoy armiyasidagi strategik qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar tarqatib yuboriladi va yangi bo‘linma – axborot ta’minoti kuchlari tashkil etiladi. Ularning vazifasi kiberurush olib borish bo‘ladi. 

Ma’lum qilinishicha, strategik qo‘llab-quvvatlash kuchlari to‘qqiz yil oldin, 2015 yilda kiberurush va siyosiy qarama-qarshilikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun paydo bo‘lgan edi. Ilgari ushbu tuzilmaga bo‘ysungan aerokosmik va kiberqismlar mustaqil bo‘lib, axborotni ta’minlash kuchlari bilan parallel ravishda ishlagan.

Islohotlar AQSH bilan global ta’sir uchun raqobat, shuningdek, G‘arb davlatlarining xakerlik faoliyatidagi ayblovlari fonida sodir bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, o‘zgarishlar qurolli kuchlarning axborot makonida muvaffaqiyatli harakat qilishini ta’minlashga qaratiladi.

Nashrning yozishicha, o‘tgan yili Xitoy hukumati qurolli kuchlarida qator korrupsiya holatlari aniqlanganidan keyin tizimda tozalash boshlangan. Ular orasida mamlakatning sobiq mudofaa vaziri ham bor – u oktyabr oyida hech qanday izohsiz o‘z lavozimidan chetlashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy kiberurushda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing