So‘nggi soatlarda 3 hududda 140 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
27 iyul 2020
14270Bugun, 26 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140 nafarga oshib, 20 531 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlar:
• 83 nafari Toshkent shahrida;
• 31 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 26 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent viloyatida 67 nafar, Samarqand viloyatida 64 nafar, Toshkent shahrida 44 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 6 nafar, jami 274 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 11 105 (+274) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 310 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi