So‘nggi chora: Isroilda yana karantin joriy qilindi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilda ikki haftalik karantin o‘rnatilganini e’lon qildi. Bu haqda "The Times of Israel" xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Isroil Hukumati ushbu tashabbusni koronavirus infeksiyasining yangi holatlari ko‘payib borayotgani sababli ma’qullagan. 

Qayd etilishicha, ushbu chora ertaga, 7 yanvardan boshlab kuchga kiradi. 

Netanyaxu, shuningdek, epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sababli dunyoni jiddiy oqibatlar kutayotganidan ogohlantirgan. 

“Biz Britaniya mutatsiyasi tufayli yuqori tezlikda tarqalayotgan global pandemiya holatidamiz”, deb ta’kidlagan u.

Avvalroq, birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 koronavirusining yangi turi hozirgi kunga qadar 41 ta mamlakat va hududlarda topilgani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 448 mingdan oshgan. 3 ming 445 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Isroil

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing