So‘nggi 7 soatda 245 kishi koronavirus yuqtirib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 245 nafarga oshib, 47 287 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 231 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Hozirgacha Toshkent shahrida 187 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Samarqand viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 43 866 (+355) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 031 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing