So‘nggi 24 soat ichida Xitoyda ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi
Olam
−
07 aprel 2020
4360Xitoyda so‘nggi 24 soat ichida bir dona ham koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
XXRda o‘tgan kun davomida 32 nafar shaxs infeksiya yuqtirib oldi. Shuningdek, so‘nggi 24 soat ichida 89 nafar bemor shifo topdi.
Mamlakatda umumiy hisobda koronavirusga chalinganlar miqdori 983 nafarni tashkil etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning 31 dekbr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniyaning yangi turi qayd etilganini ma’lum qildi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi koronavirusning yangi turi, deya e’lon qilindi va unga rasman COVID-19 deb nom berildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni koronavirus epedimiyasini pandemiya, deya e’lon qildi.
Koronavirus tarqalishni boshlaganidan beri Xitoyda 82 mingdan ziyod bemor qayd etildi. Ulardan 3 300 ga yaqini vafot etdi.
LiveBarchasi