So‘nggi 2 yilda uy-joy qurilishi bo‘yicha 5,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan

Jamiyat

image

Oxirgi ikki yilda O‘zbekistonda uy-joy qurilishi bo‘yicha 5,5 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan. Xususan, 88 ta holatda pudratchilar loyihaga zid ravishda uylarga ortiqcha 1-2 qavat qo‘shib qurgan. Yoki foydalanishga qabul qilingan 74 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish sifati bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda foydalanishga topshirilgan uylar bo‘yicha ham e’tirozlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu ma’noda, pudratchilarning qurilish  madaniyatini tubdan oshirish zarurligi qayd etildi.

Hozir pudratchilar qurilishni boshlash uchun hujjatlarni kamida 5 bosqichda kelishishi kerak. Bunga 2 oygacha vaqt ketyapti. Bu jarayonlar soddalashtirilishi e’lon qilindi.

Quruvchilar “Shaffof qurilish” platformasi orqali tayyor loyihani idoralar bilan onlayn kelishadi. Ular kamchilik ko‘rsatsa, bartaraf qiladi.

Qurilish loyihaga mos bajarilishini Davlat arxitektura-qurilishi nazorati inspeksiyasi tekshiradi va bitganidan keyin xulosa beradi. Ob’ektni foydalanishga topshirishda faqat 2 ta idora – DAQN va yong‘in xavfsizligidan xulosa olinadi. Zarur bo‘lsa, boshqa sohadagi mutaxassislarni inspeksiyaning o‘zi jalb qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish uy-joy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing