So‘nggi 2 haftada koronavirusga chalinish holatlarining 412 tasi aholi orasida aniqlangan

Jamiyat

image

So‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 937 ta kasallanish holatidan 412 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 937 ta kasallanish holatidan 412 nafari yoki 47 foizi aholi orasidan, 525 nafari yoki 53 foizi xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 49 117 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ularning 26 794 nafari uy sharoitida, 22 323 nafari statsionar sharoitda karantinga olingan.

Respublika bo‘yicha 45 ta PZR (polimeraz-zanjirli reaksiya) laboratoriya kompleksida ish samaradorligi yuqori quvvatga ega. Ekspress usulda ishlaydigan 75 ta PZR jihozlari kunu-tun ishlamoqda va bu jarayonga 137 nafar tajribali vrach-virusolog jalb qilingan.

Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 18 655ta, epidemiya mavsumi davomida 748 555ta test sinovi o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing