So‘nggi 12 soat ichida koronavirus bilan bog‘liq qanday yangiliklar yuz berdi?

Olam

image

So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 24 aprel kungi dayjestida.

O‘zbekistonda 2020 yil 23 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.  Infeksiya chalinganlarning 561 nafari shifo topgan.

Xitoyda so‘nggi bir kun ichida oltita yangi holat qayd etildi. Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holatlarning ikkitasi xorijdan kelish, qolgan to‘rttasi mahalliy miqyosda aniqlangan. Ta’kidlanishicha, oxirgi 24 soat ichida Xitoyda yangi turdagi koronavirus infeksiyasining oqibatlari tufayli o‘limlar qayd etilmagan.

AQSH harbiy-dengiz flotiga qarashli Theodore Roosevelt kemasining ekipaj a’zolari orasida COVID-19 virusini yuqtirganlar soni 840 kishiga etdi. Ma’lum bo‘lishicha, 23 aprelga kelib, kema ekipaj a’zolarining 100 foizi koronavirusga testdan o‘tgan. Uning javobi 840 dengizchida ijobiy va 4098 nafarida esa salbiy chiqqan.

Rossiya poytaxti Moskvada kuniga 37 kishi koronavirusdan vafot etdi. Ular orasida 37 yoshdan 86 yoshgacha bo‘lgan bemorlar bo‘lgan, ularning ba’zilari o‘zaro muloqotda bo‘lgan. Bugungi kelib poytaxtda jami 325 kishi ushbu kasallikning qurboniga aylandi.

Isroilda infeksiyaga chalinganlar soni 211 ga ko‘payib, jami 14 803 nafarni tashkil etmoqda, deb yozadi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shuningdek, 192 vafot etgan va 5 611 sog‘aygan bemorlar bor. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 139 kishi og‘ir ahvolda, ulardan 109 nafariga o‘pkaga sun’iyo havo berish apparati o‘rnatilgan.

Shveysariyalik olimlar ushbu mamlakat aholisi orasida koronavirusga qarshi immunitetni aniqlash bo‘yicha tadqiqotni boshlab yubordi.  SSPH+  Shveysariya sog‘liqni saqlash maktabining mutaxassislari allaqachon aholidan qon namunalarini to‘plashni boshlagan. Ular yangi infeksiya mamlakatning ayrim hududlari va fuqarolarning ayrim guruhlariga qanday ta’sir qilganini bilishni istashmoqda.

Chexiya hukumati mamlakatda favqulodda holat rejimini 25 maygacha uzaytirishni ma’qulladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat allaqachon ushbu rejimni mamlakat parlamentiga uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma yuborgan. Chexiya ma’murlari 12 mart kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli favqulodda holat e’lon qilgan edi va keyin uni 30 aprelgacha uzaytirdi. Bugungacha, Chexiyada koronavirus yuqtirish holati 7 138 nafarga yetdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing