Sunak Zelenskiyning ko‘nglini xotirjam qildi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda London Kiyevni tinmay qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda Britaniya hukumati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Bosh vazir o‘z faoliyati davomida Buyuk Britaniya Ukrainani har doimgidek kuchli qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va Prezident Zelenskiy Britaniya hukumatining davomiy birdamligiga ishonishi mumkinligini aytdi”, deyiladi xabarda.

Sunak, shuningdek, Xalqaro atom energiyasi agentligining (XAEA) Ukrainadagi yadro xavfsizligini ta’minlash va har qanday dezinformatsiyaning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan ishlari muhimligini ta’kidladi.

“Ikkala yetakchi ham iqtisodiy sanksiyalarni davom ettirish bilan Putinning vahshiy rejimiga bosim o‘tkazishni davom ettirish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi”, deyiladi hukumat idorasi bayonotida.

Prezident Zelenskiy Bosh vazirni lavozimga tayinlangani va Divali bayrami munosabati bilan tabriklagan. O‘z navbatida, Rishi Sunak suhbatdoshga minnatdorlik bildirgan va yaqin orada shaxsiy uchrashuvga umid qilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rishi Sunak

Baholaganlar

261

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing