Sunak Ukrainada “Shahed” dronlarini urib tushirish uchun ishlab chiqilgan mobil ilova haqida gapirdi
Olam
−
21 iyun 2023
7654Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Londonda o‘tkazilayotgan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiyada nutq so‘zlab, unda Ukrainada “Shahed” dronlarini kuzatish uchun mobil ilova ishlab chiqilgani haqida gapirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sunak 2022 yilning noyabr oyida Kiyevga tashrif buyurganida Ukrainadagi texnologik rivojlanishga guvoh bo‘lgani hamda odamlardagi zukkolik va yangilikka intilishni ko‘rganini eslagan.
“O‘zgartirilgan ofis blokida men mamlakat mudofaasini mustahkamlashning yangi usullarini topish uchun birgalikda ishlayotgan fuqarolik va harbiy texnika mutaxassislarini uchratdim. Ular Ukraina bo‘ylab odamlarning telefonlariga “Shahed” dronlarining ovozini qabul qilish va uning joylashuvini yetkazish imkonini beradigan dasturni bog‘lashdi. Shunda Ukraina havo mudofaasi ularni kuzatib borishi va urib tushirishi mumkin bo‘lardi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanishi oldidan Moskvaga cheklanmagan miqdorda uchuvchisiz harbiy dronlar yetkazib berganini tan olgandi. Rossiya bir necha bor mazkur dronlar vositasida Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga hujumlar uyushtirdi.
LiveBarchasi