Eron Rossiyaga harbiy dronlar yetkazib berganini tan oldi
Olam
−
05 noyabr 2022
10365Eron hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanishi oldidan Moskvaga cheklanmagan miqdorda uchuvchisiz harbiy dronlar yetkazib berganini tan oldi. Bu haqda Eron davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn urush boshlangandan keyin emas, balki boshlanishidan oldin Rossiyaga uchuvchisiz harbiy dronlar yetkazib bergan. Eron Rossiya tomonidan anneksia qilingan Qrimga rossiyaliklarni uchuvchisiz uchoqlar bilan ishlashga o‘rgatish va texnik yordam ko‘rsatish uchun o‘z harbiylarini yuborgan.
Bir necha kun avval Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari Rossiyaning Ukraina bilan urushda Eron dronlaridan foydalangani haqidagi iddaolarni muhokama qilish uchun ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.
Ukraina harbiy qo‘mondonligi va rasmiylari avvalroq Eronning bir necha yuzlab Shahed 136 kamikadze dronlarini urib tushirganini ma’lum qilgan. Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya dronlardan “Geran-2” nomi ostida foydalanmoqda.
Avvalroq G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari Germaniyaning Myunster shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda Eronni boshqa davlatlar va nodavlat tashkilotlarga uchuvchisiz uchish apparatlarini (harbiy dronlarni) yetkazib berishda ayblagandi.
G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari bayonotida Eronning Yaqin Sharq va uning atrofidagi vaziyatni beqarorlashtirish harakatlari qoralangan.
Unda Tehronning ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, dronlar bilan bog‘liq harakatlari qayd etilgan. Eron harbiy dronlarni boshqa davlatlarga yetkazib berishda ayblangan.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi