Dushman Eronning “Shahed-136” dronlari bilan hujum qilyapti – Zelenskiy
Olam
−
20 dekabr 2022 6156 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yangi partiyadagi Eron dronlari bilan Ukrainaga hujum qilayotganini aytdi. Unga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Erondan 250 dona “Shahed-136” kamikadze-dronlarini olgan. Bu haqda davlat rahbari Buyuk Britaniya Birlashgan Ekspeditsiya Kuchlari rahbarlari yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
“Bu tunda Ukraina yana Eron dronlari tomonidan hujumga uchradi – 34 ta “Shahed”. Bular Rossiyaning Erondan olgan yangi partiyasidagi “Shahed”lar. 250 dona – shuncha ko‘p “Shahed” terrorchi davlat tomonidan qabul qilingan", deydi u.
Prezident Ukraina hududida Rossiya raketalari va Eron uchuvchisiz havo vositalari doimiy ravishda qo‘llanilayotganini ta’kidladi. Uning ug‘ulashicha, energetika infratuzilmasi ob’ektlari birinchi bo‘lib zarar ko‘rmoqda va yaqinda Rossiya Federatsiyasining ommaviy hujumi 22 million ukrainalikni elektr energiyasisiz qoldirgan.
"Umumiy, 16 dekabr kuni kechqurun 22 million 408 ming ukrainalik elektr ta’minotidan uzildi. O‘n milliondan ortiq odam suv va issiqlik ta’minotida uzilib qoldi. Hozir va ko‘p jihatdan bu urush qachon va qanday tugashi sizga bog‘liq. Mudofaa kuchlarimiz qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsa, Rossiyaning tajovuzkorligi shunchalik tez barbod bo‘ladi”, deydi Zelenskiy.
19 dekabr kuni Eron dronlarining infratuzilma ob’ektlariga tungi hujumi tufayli Kiyev va Ukrainaning 9 viloyatida elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar yuz bergan. Energetika sohasidagi eng murakkab vaziyat mamlakatning sharqiy, shimoliy va markaziy hududlarida yuz berdi.
Qayd etilishicha, tunda Ukraina harbiy-havo kuchlari 35 ta “Shahed-136” kamikadze dronidan 30 tasini urib tushirgan. Ruslar Azov dengizining sharqiy qirg‘og‘idan Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlarni uchirgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr