Sun’iy intellekt sabab Apple daromadlari kamaydi
Texnologiya
−
05 avgust 2023
4075Apple kompaniyasi 2016 yildan beri kuzatilmagan eng uzoq muddatli savdo pasayishiga duch keldi. Bunga uning ketma-ket yilning uchinchi choragida ham sun’iy intellektga katta sarmoya kiritgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
1 iyulda yakunlangan uchinchi chorak uchun Apple savdo daromadi 1,4 foizga kamaydi va 81,8 milliard AQSH dollariga tushdi. Apple bosh ijrochi direktori Tim Kukning aytishicha, xarajatlarning ko‘payishi qisman generativ sun’iy intellekt ustida olib borilgan ishlarga to‘g‘ri keladi.
“Biz ko‘p yillar davomida CI texnologiyalarining keng doirasi, shu jumladan generativ SI bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqdamiz. Biz odamlarning hayotini osonlashtirishga yordam berish uchun ushbu texnologiyalarni yanada rivojlantirishda davom etamiz. Bunga anchagina sarmoya tikkanmiz va bu siz ko‘rib turgan xarajatlarda namoyon bo‘ladi”, dedi Kuk.
Apple’ning tadqiqot va rivojlantirish sarf-xarajatlari joriy yil uchun 22,61 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi miqdordan 3,12 milliard dollarga ko‘p degani.
Eslatib o‘tamiz, Apple uzoq kutilgan iPhone 15 smartfonini 13 sentyabrda namoyish qilishni rejalashtiryapti.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr