Sun’iy intellekt ichimlik suvi taqchilligiga sabab bo‘lishi mumkin

Bu qiziq

image

ChatGPT chatboti juda ko‘p suv sarflashi va natijada ichimlik suvi tanqisligiga sabab bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Amerikalik tadqiqotchilar sun’iy intellekt ishlashi jarayonida ketadigan suv sarfini hisoblab chiqqan

Aytilishicha, ChatGPT 100 ta savolga javob berishi uchun bir litr suv sarflaydi. 

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, faqat GPT-3 til modeli asosida ChatGPT'ni yaratish va o‘qitish uchun kuniga 700 ming litr suv kerak bo‘lgan. Bu 5000 kishilik kichik qishloqning kunlik iste’moli bilan teng demakdir. Agarda chatbotni o‘qitish va tuzish uchun taxminan bir oy vaqt ketgan taqdirda ham u sarflagan ichimlik suvi miqdori qariyb O‘zbekistonning yarim aholisi iste’mol qiladigan miqdorga teng bo‘lardi. 

Shuningdek, serverlarni sovitish va ortiqcha yuklamalarni yengillashtirish uchun ham toza ichimlik suvi talab qilinadi. Har kuni millionlab foydalanuvchilar ChatGPT'ga savollar “yog‘dirishi” va serverlar to‘liq quvvat bilan ishlashi hisobga olinsa, sun’iy intellekt ancha ko‘p miqdordagi ichimlik suvini sarflashi ayon bo‘ladi. 

ChatGPT serverlari kuniga 320 ta Tesla avtomobilini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan suvni sarf qiladi. 2023 yil fevral oyi ma’lumotlariga ko‘ra, ChatGPT saytiga kuniga 13 million foydalanuvchi tashrif buyuradi. Bu soniyasiga 150 kishi degani. 

Microsoft ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya ChatGPT uchun alohida superkompyuterdan foydalanadi. Ushbu server 10 mingta grafik karta va 285 ming protsessor yadrosidan iborat. Ularning ishlashi uchun nafaqat suv, balki juda ko‘p elektr energiyasi ham talab qilinadi.

Faqat ChatGPT'ni o‘qitish uchun 1300 MVt/soatdan ko‘proq elektr energiyasi kerak bo‘lgan. Bundan tashqari, bu energiya miqdori Farg‘onadan Ustyurtgacha deyarli 1600 marta borib-kelishga yetadi. 

ChatGPT bitta so‘rov uchun qancha elektr sarflashi hali aniq emas. Kelajakda neyron tarmoqlarning resurs iste’moli faqat oshadi, deb hisoblanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT bir necha soniya ichida bemorga to‘g‘ri tashxis qo‘ygan edi. Shuningdek, sun’iy intellekt futbol bo‘yicha barcha davrlarning eng kuchli o‘yinchilaridan iborat ramziy terma jamoani ham tuzib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

ChatGPT suv taqchilligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made