Sun’iy intellekt dunyoni ikki lagerga bo‘lishi mumkin – BMT Bosh kotibi
Olam
−
24 Sentabr
3147Agar ushbu yangi texnologiyani boshqarishga global yondashuv bo‘lmasa, sun’iy intellekt dunyoni ikki lagerga bo‘lishi mumkin. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun, 24 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasidagi umumiy siyosiy muhokamada so‘z ochdi.
“Sun’iy intellekt atrofimizdagi hamma narsani o‘zgartiradi: ish, ta’lim, muloqotdan tortib madaniyat va siyosatgacha. Biz sun’iy intellekt jadal rivojlanayotganini bilamiz, lekin u bizni qayerga olib boradi: ko‘proq erkinlik yoki ko‘proq ziddiyat? Sun’iy intellektni boshqarishga global yondashuvsiz, bu barcha sohalarda sun’iy bo‘linishga, ikkita internet, ikkita bozor, ikkita iqtisod paydo bo‘ladigan katta nizolarga olib kelishi mumkin, bu yerda har bir mamlakat oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomonni tanlashga majbur bo‘ladi”, deydi BMT Bosh kotibi.
Guterrishning ta’kidlashicha, bir nechta kompaniyalar va “hatto jismoniy shaxslar” allaqachon bu jarayonning zaruriy nazorati va javobgarligisiz o‘z qo‘llarida “sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha ulkan kuch”ni to‘plashgan.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Janubiy Koreya poytaxti Seulda bo‘lib o‘tgan “Harbiy sohada sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanish” (REAIM) global sammitida sun’iy intellekt texnologiyalarini harbiy qo‘llash bo‘yicha yo‘l xaritasi taqdim etilgandi.