Suma Chakrabarti 8 yildan keyin YeTTB prezidentligidan ketishini ma’lum qildi
Olam
−
16 iyun 2020
3951Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini 8 yildan beri boshqarib kelayotgan Suma Chakrabarti 2 iyul kuni o‘z vakolatlarini topshiradi. Bu haqda u Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.
61 yoshli asli hindistonlik ingliz mutaxassisi 2012 yil 18 mayida YeTTB prezidenti etib saylangandi. 2016 yil mayida esa ikkinmi muddatga bank prezidenti etib saylangan.
2 iyulda Chakrabarti iste’fosidan keyin bankka uning birinchi vitse-prezident Yurgen Rigterink vaqtincha rahbarlik qiladi. YeTTB prezidentligi uchun saylov kuzda bo‘lib o‘tadi. Aksionerlar yig‘ilishining aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va YeTTB hamkorligi tiklanib, birgalikdagi loyihalar portfeli qariyb 1,2 mlrd dollarga yetgan. Andijon shahrida ofisini ochgan xalqaro moliya muassasasi Urganch shahrida ham vakolatxonasini ishga tushirishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar