So‘lchi Melenshon Fransiyada prezidentlikka nomzodini qo‘yadi

Olam

image

So‘l qanot yetakchisi Jan-Lyuk Melenshon Fransiyada kelasi yil bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishini aytdi. Bu haqda u kecha, 3 may kuni TF1 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Melonshon Fransiyadaning so‘l qanotdagi “Bo‘ysunmas Fransiya” partiyasi yetakchisi hisoblanadi. U 2012, 2017 va 2022 yillarda ham saylovlarda qatnashgan. 2022 yilda Melonshon o‘ng qanot yetakchisi Marin Le Pen va amaldagi Prezident Emmanuel Makrondan keyin uchinchi o‘rinni egallagan. 

“Ha, men nomzodman,” degan 74 yoshli siyosatchi intervyusida.

Melenshon har bir saylovda ovozlar ulushini oshirib kelmoqda. 2012 yilda u 11 foiz ovoz olgan bo‘lsa, so‘nggi saylovda ikkinchi bosqichga chiqishga juda yaqin kelib, Le Pendan atigi 1,2 foizga ortda qolgandi.

So‘lchilar haqida

“Bo‘ysunmas Fransiya” partiyasi (LFI) Isroil va uning G‘azodagi urushiga qarshi keskin tanqidlari bilan tanilgan. Melenshon bu hujumlarni genotsid deb atagan va Yevropa Ittifoqining Isroil bilan assotsiatsiya kelishuvini to‘xtatishga chaqirgan. So‘l qanot yetakchisi Ispaniyaning AQSH–Isroilning Eronga qarshi urushiga qarshi pozitsiyasini ham qo‘llab-quvvatlagan. LFI partiyasi kuchli ekologik qoidalar va boylar uchun yuqori soliqlarni ilgari suruvchi sotsialistik qarashlarga ega partiya hisoblanadi. Kelasi yilgi saylovda Makron muddat cheklovi sababli qayta nomzod bo‘la olmaydi, Le Pen esa siyosatdan chetlatilish xavfi ostida. Melenshonning LFI partiyasi esa “Yangi xalq fronti” koalitsiyasidagi eng yirik partiya bo‘lib, Milliy assambleyada uchinchi eng katta blok hisoblanadi.

Makron hokimyatining zaiflashishi

2016 yilda “Renaissance” partiyasini tuzgan markazchi siyosatchi Makron so‘nggi yillarda iqtisodiy va siyosiy inqirozlar fonida jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovini yo‘qotib boryapti. 2024 yildagi parlament saylovlarida hech bir partiya yetarli ovozlar qo‘lga kirita olmagandi. Bu esa hukumatni ishonchsizlik votumi xavfi ostida qoldirgandi. Bundan tashqari, so‘nggi ikki yilda Fransiyada bir necha hukumatlar va bosh vazirlar almashgani siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi. Shu bois 2027 yilgi saylov ochiq kurashga aylanishi kutilyapti. Saylov aprel oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp fransiyalik mavqedoshi Emmanuel Makron tez orada o‘z lavozimini tark etishi haqida gapirgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya prezidentlik So'lchi Melenshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing